Mevalarni uzoq muddat saqlash uchun ekologik toza va iqtisodiy samarador "Bio-Shield" aerozolini ishlab chiqish

Startap nomi: Mevalarni uzoq muddat saqlash uchun ekologik toza va iqtisodiy samarador "Bio-Shield" aerozolini ishlab chiqish

UI GreenMetric so‘rovnomasidagi startap toifasi ED (Education and Research)

Tashkil etilgan sana: 2025

Daromad (AQSh dollarida): 1 500,00

Tushum (AQSh dollarida): 1 500,00

Xodimlar soni: 3

Tavsif: Mazkur startap meva va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini uzoq muddat davomida sifatini saqlab qolish, tabiiy yo‘qotishlarni kamaytirish hamda saqlash jarayonlarining samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan ekologik toza innovatsion yechimdir.

Loyiha doirasida mevalarning buzilish jarayonlarini sekinlashtiruvchi, inson salomatligi va atrof-muhit uchun xavfsiz bo‘lgan "Bio-Shield" aerozoli ishlab chiqilmoqda. Ushbu texnologiya mevalar yuzasida himoya qatlamini hosil qilish orqali ularning yangiligi, tashqi ko‘rinishi va sifat ko‘rsatkichlarini uzoqroq muddat saqlash imkonini beradi.

Startap zamonaviy biotexnologik yondashuvlar asosida ishlab chiqilib, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashda kimyoviy vositalardan foydalanishni kamaytirish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash va iqtisodiy samaradorlikni oshirishga qaratilgan.

Fotosuratlar:

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDU tarixida muhim ilmiy voqea!

  • 2026-08-26
  • 102

Myunster universiteti doktoranti PhD dissertatsiyasini Termiz davlat universitetida muvaffaqiyatli himoya qildi

Batafsil

2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul suhbatlari o‘tkazildi

  • 2026-08-26
  • 87

Termiz davlat universitetida 2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayonlari doirasida 10 ta ixtisoslik bo‘yicha suhbatlar tashkil etildi.

Batafsil

QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARIGA QABUL MUDDATI UZAYTIRILDI

  • 2026-08-26
  • 124

Termiz davlat universiteti rektori huzurida universitetning qo‘shma ta’lim dasturlariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari muhokama qilindi.

Batafsil