Startap nomi: EduVision and Quality Management
UI GreenMetric so‘rovnomasidagi startap toifasi ED (Education and Research)
Tashkil etilgan sana: 05.06.2025
Daromad (AQSh dollarida): 5 000,00
Tushum (AQSh dollarida): 5 000,00
Xodimlar soni: 2
Tavsif: EduVision and Quality Management startapi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini avtomatlashtirilgan monitoring qilish va baholash maqsadida ishlab chiqilgan intellektual tizim hisoblanadi. Loyiha mavjud kuzatuv kameralaridan foydalanib, dars jarayonlarini real vaqt rejimida tahlil qilish, o‘qituvchi va talabalar faolligini baholash hamda ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Startapning asosiy maqsadi inson omiliga bog‘liq bo‘lmagan holda ta’lim sifatini obyektiv baholash, o‘quv jarayonlarini raqamlashtirish va oliy ta’lim muassasalarida sifat menejmenti tizimini takomillashtirishdan iborat.
Asosiy mahsuloti sun’iy intellekt, kompyuter ko‘rish (Computer Vision) va ma’lumotlarni tahlil qilish texnologiyalariga asoslangan dasturiy platforma bo‘lib, u videokuzatuv vositalari orqali dars jarayonidagi faollik, auditoriyadagi ishtirok, vaqt samaradorligi va boshqa ko‘rsatkichlarni avtomatik aniqlaydi hamda tahliliy hisobotlarni shakllantiradi.
Startap ta’lim sifatini nazorat qilish jarayonlarini soddalashtirish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun aniq ma’lumotlar taqdim etish va raqamli ta’lim boshqaruvini rivojlantirishga xizmat qiladi. Loyiha oliy ta’lim muassasalari, o‘quv markazlari va boshqa ta’lim tashkilotlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan.
Fotosuratlar:

Myunster universiteti doktoranti PhD dissertatsiyasini Termiz davlat universitetida muvaffaqiyatli himoya qildi
Batafsil
Termiz davlat universitetida 2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayonlari doirasida 10 ta ixtisoslik bo‘yicha suhbatlar tashkil etildi.
Batafsil
Termiz davlat universiteti rektori huzurida universitetning qo‘shma ta’lim dasturlariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari muhokama qilindi.
Batafsil© Termiz davlat universiteti