Startap nomi: Mahalliy xom-ashyolar asosida ion almashinuvchi, ultrafiltratsion membranalar olish
UI GreenMetric so‘rovnomasidagi startap toifasi WS (Water), WR (Waste and Recycling), EC (Energy and Climate Change)
Tashkil etilgan sana: 2025
Daromad (AQSh dollarida): 2 500,00
Tushum (AQSh dollarida): 2 500,00
Xodimlar soni: 2
Tavsif: Mazkur startap 2025-yilda mahalliy xom-ashyolardan foydalanib, zamonaviy ion almashinuvchi va ultrafiltratsion membranalarni ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish maqsadida tashkil etilgan. Loyiha import o‘rnini bosuvchi, ekologik xavfsiz va samaradorligi yuqori bo‘lgan suv tozalash texnologiyalarini yaratishga yo‘naltirilgan.
Startapning asosiy maqsadi mahalliy resurslar asosida suvni tozalash, tarkibidagi zararli ionlar, organik moddalar va mikroifloslantiruvchilarni ajratib olish imkonini beruvchi innovatsion membrana materiallarini ishlab chiqishdan iborat. Ushbu texnologiya suv resurslaridan samarali foydalanish va ekologik muammolarni kamaytirishga xizmat qiladi.
Startapning asosiy mahsuloti mahalliy xom-ashyolar asosida tayyorlangan ion almashinuvchi va ultrafiltratsion membranalardir. Mazkur mahsulotlar ichimlik suvini tayyorlash, sanoat oqova suvlarini tozalash, suvni qayta ishlash va ekologik nazorat tizimlarida qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Loyiha jamoasi 2 nafar mutaxassisdan iborat bo‘lib, startapning yillik daromadi 2 500 AQSh dollari tashkil etadi. Startap suv resurslarini muhofaza qilish, chiqindilarni kamaytirish, mahalliy xom-ashyolardan samarali foydalanish va barqaror rivojlanish tamoyillarini ta’minlashga hissa qo‘shadi.
Fotosuratlar:


Myunster universiteti doktoranti PhD dissertatsiyasini Termiz davlat universitetida muvaffaqiyatli himoya qildi
Batafsil
Termiz davlat universitetida 2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayonlari doirasida 10 ta ixtisoslik bo‘yicha suhbatlar tashkil etildi.
Batafsil
Termiz davlat universiteti rektori huzurida universitetning qo‘shma ta’lim dasturlariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari muhokama qilindi.
Batafsil© Termiz davlat universiteti