Bugun Termiz davlat universitetida mahalla raislari uchun o‘quv-seminari boshlandi. Mazkur seminarning asosiy maqsadi mahalla raislariga mahalla institutiga oid hujjatlar mazmun-mohiyatini tushuntirish, mahallabay ishlash tizimini rivojlantirish borasidagi bilim va malakalarini oshirishdan iboratdir.
O‘quv kurslari mahalla raislari bilan interfaol usullarda muloqot va bahs-munozara shaklida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.