Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida”gi Nizomiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo va biologiya yo'nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarorining 5-ilovasi bilan tasdiqlangan talabalar amaliyotini samarali tashkil etishda ishlab chiqarish korxonalari ishtirokini oshirish maqsadida bir qator vazifalar belgilangan.

Shu munosabat bilan bugun Termiz davlat universiteti kimyo fakultetining 115 nafar 2-kurs talabalari Samarqand shahridagi sanoat korxonalariga, 85 nafar 3-kurs talabalari esa Toshkent shahridagi Ilmiy markazlarga, O'zR FAning tarmoq institutlariga va sanoat korxonalariga amaliyotga yuborildi.
Universitet rektorining buyrug'i bilan fakultet dekani hamda amaliyotga rahbar qilib tayinlangan professor-o'qituvchilar zimmasiga bir qator vazifalar yuklandi va talabalarga amaliyotga jo'nash vaqtida hamda amaliyot o'tash vaqtida qanday tartib qoidalariga amal qilish kerakligi haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
Bizni kuzatishda davom eting!