Professor-o‘qituvchilar uchun seminar-trening mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda

Xabaringiz bor, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi universitetlarda talabalarning qishki ta’til davridan unumli foydalangan holda professor-o‘qituvchilar uchun seminar-trening mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.

Termiz davlat universitetida ham 26, 27, 28-dekabr kunlari reja asosida vazirlik tizimi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha seminarlar bo‘lib o‘tadi.

O‘quv yig‘ini boshlanishi oldidan universitet rektori A.Toshqulov ustozlar bilan uchrashib, dolzarb mavzularda o‘tkaziladigan seminarning ahamiyati xususida to‘xtalib o‘tdi. Jarayonda rektorimiz barcha pedagoglarni Yangi yil bayrami bilan qutlab, ezgu tilaklarini bildirdi.

Ayni damda videoselektor ko‘rinishida universitetning asosiy zali va fakultetlardagi studiyalar orqali barcha professor-o‘qituvchilar qamrab olingan holda kiberxavfsizlikni ta’minlash, loyihalar tuzish, xalqaro grantlarda ishtirok etish kabi turli yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan seminar-trening mashg‘ulotlari noan’anaviy usulda olib borilmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 69

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 46

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 66

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil