Xitoyning Pekin shahar universiteti da bo‘lgan professor-o‘qituvchilarimiz tomonidan "O‘zbek-Xitoy madaniy merosi va hunarmandchiligini o‘rganish markazi"ni tashkil qilish, san’at asarlari ko‘rgazmalarini o‘tkazish, shuningdek, qadimiy hunarmandchilik topilmalarini qayta tiklash bo‘yicha muzokaralar olib borilgani, shuningdek, hamkor oliygoh talabalari uchun ma'ruza mashg'ulotlarini o'tkazilgani aytib o'tildi.
Turkiyaning Istanbul universitetida (QS reytingi) malaka oshirish kursini o‘tagan bir guruh professor-o‘qituvchilarimiz tomonidan kafedralararo akademik mobillikni yo‘lga qo‘yish, xalqaro konferensiyalar o‘tkazish, hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish hamda darsliklar chop etish, ilmiy tadqiqotlar olib borish kabi masalalar yuzasidan amaliy kelishuvlarga erishildi.
Armanistonning Yerevan davlat universitetida (QS reytingi) tashkil etilgan xalqaro rus tili va adabiyoti forumida 3 nafar professor-o'qituvchilarimiz o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etib, Rossiya-Arman universiteti (QS reytingi) bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki muzokaralarni olib borishgani ta'kidlandi.
Uchrashuv so'ngida, universitetimizning xalqaro yo'nalishdagi strategiyasi ishlab chiqilib, rahbar xodimlar, professor-o'qituvchilar va talabalarning xizmat safari yo'nalishlari oldindan rejalashtirilishi hamda xorij tajribasida olingan bilim va ko'nikmalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha rektor tomonidan ko‘rsatmalar berildi.