Bolalik—hayot ummonining musaffo sarchashmasi. Boisi, u har bir murg‘ak qalb uchun tashvishlardan yiroq, ezgulikka to‘la lahzalardir. Go‘daklarning bahor tongi misol beg‘ubor qalbi faqat yaxshiliklarga yo‘g‘rilgan bo‘ladi. Shu sabab 1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni eng quvonchli bayram sifatida butun dunyo bo‘ylab keng nishonlanadi.
Termiz davlat universiteti jamoasi, Xorijiy filologiya fakulteti tyutorlari Termiz shahridagi 2-sonli oilaviy bolalar uyida boʻlishdi.
Faol talaba yoshlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo’shiqlar, ajoyib raqslar tadbirda yig’ilgan barcha bolajonlarga bayram kayfiyatini ulashdi va bolajonlarga sovg’alar taqdim etildi.
Oilaviy bolalar uyi direktori Muhabbat Xoliqova tomonidan TerDU rahbariyatiga minnatdarchilik bildirilib sertifikat topshirildi.
Bizni kuzatishda davom eting!