Universitet Kuzatuv kengashining joriy yil boshidagi dastlabki yig'ilishi o'tkazildi. Yig'ilishni Kuzatuv kengashi raisi - Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri o'rinbosari S.Buzrukxonov videokonferens aloqa orqali olib bordi.
Unda Prezidentimizning 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan universitetning 2025-yil uchun biznes rejasi, daromad va xarajatlar parametrlari muhokama qilindi va tasdiqlandi.
Shuningdek, Kengash tomonidan universitet professor-o‘qituvchilariga «Professor tadqiqotchi» maqomini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ko'rib chiqilib, amaliyotga joriy etish bo'yicha qaror qabul qilindi.