Rektor va talabalar uchrashuvi

TerDU rektori qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha nufuzli xorijiy universitetlarda ta’limini davom ettiradigan talabalar bilan uchrashdi

Joriy o‘quv yilidan boshlab 70 nafarga yaqin talabalarimiz 

Szyansu universiteti (Xitoy, top 1000) 
- Lingvistika: ingliz tili (magistratura) 
 - Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti (magistratura) 

Vladimir davlat universiteti (Rossiya Federatsiyasi) 
- Turizm va mehmondo‘stlik (bakalavriat)  
 - Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili (bakalavriat)  

Polotsk davlat universiteti (Belarus Respublikasi) 
  - Iqtisodiyot (bakalavriat) 
  - Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti (magistratura) mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olishadi.

Samimiy muloqotlarda rektorimiz rejalashtirish orqali maqsadlarga erishish mumkinligini ta’kidlab, o‘z ustida ishlash bo‘yicha talabalarga ko‘rsatmalar berdi. Taomilga ko‘ra, talabalarga  kitob ulashildi. Esdalik suratlarga tushildi.

Ma’lumot o‘rnida, Malayziyaning Utara universiteti (THE, 401-o‘rin), Italiyaning Salento universiteti (THE, 801-o‘rin), Rossiyaning Qozon Federal universiteti (QS, 401-o‘rin) va Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universitetlari (QS, 163-o‘rin) bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini ochish bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralar natijasida yuzlab yoshlarimiz keyingi o‘quv yilidan boshlab ushbu dasturlarda tahsil olish va kelajakda ikki diplomli mutaxassis bo‘lish imkoniga ega bo‘lishadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 68

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 46

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 66

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil