TerDUda Professor Parda Ismoilovning 80-yilligiga bag‘ishlanib “Ezgulikka baxshida umr” mavzusida yubiley tadbiri tashkil etildi.

Anjumanda ustozning hamkasblari shogirdlari oila a’zolari qatnashdi. Tantanali tadbirda ishtirok etgan universitet rektori A.Toshqulov professor Parda Ismoilovning faoliyati bilan bog‘liq ibratli voqealarni esga olib, mehnat faoliyatlari davomida 12 ta darslik, 13 ta o‘quv qo‘llanma, 8 ta uslubiy qo‘llanma va 100 dan ortiq ilmiy maqolalar, 10 ta ertaklar to‘plami va ko‘plab hikoyalar yozgan ilm fidoyisining buyuk xizmatlarini e’tirof etish ulkan sharaf ekanligini ta’kidladilar.

Tadbirda hayot yo‘li bilan ibrat maktabini yaratayotgan faxriy ustozga ehtirom ko‘rsatildi. Sovg‘a salomlar ulashildi. Ezgu niyatlar qilindi. Esdalik uchun suratlarga tushildi. 

Ta’kidlanganidek, ustoz shogird an’analari, qariyalarni qadrlashdek ezgu qadriyatlarimiz bo‘y ko‘rsatgan tadbir barcha ishtirokchilar uchun manfaatli bo‘ldi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 68

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 46

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 66

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil