Dunyoda bolajonlar kulgusi-yu, sho’x-shodon qiyqirig’idanda beg’ubor narsaning o’zi yo’q. Tiniq nigohini sizga qadagancha biyron tilida tinmay savol berayotgan murg’ak qalbi bilan olamdagi jamiki ajoyibotlarni o’rganishga, mushohada qilishga urinayotgan bolakayning nurli chehrasiga boqqan har qanday inson hayot tashvishlarini unutadi.
Bugun 1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Termiz davlat universiteti Rus va qardosh tillar fakultetida Rus va jahon adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan “Bolalik bayrami” nomli bayram darsturi tashkillashtirildi. Unda Rus va qardosh tillar fakulteti dekani P.Bakirov, professor-o’qituvchilar, tyutor va talabalar ishtirok etishdi.
Konsert dasturida o’qituvchilar va bolajonlar tomonidan go’zal kuy-qo’shiqlar, betakror raqslar, qiziqqarli sahna ko’rinishlar ijro etildi va turli xil musobaqalar uyushtirildi.
Bizni kuzatishda davom eting!