Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Ingliz tili o’qitish metodikasi kafedrasi tashabbusi bilan “BRITISH CULTURE CONTEST” nomli tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning to'rtinchisi bo‘lgan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga  yо‘naltirilgan tashabbus ijrosini ta’minlash, yoshlarning bo'sh vaqtlarini  mazmunli tashkil etish va chet tilida gapirish ko’nikmalarini yanada rivojlantirish maqsadida  musobaqa shaklida o’tkazildi.

Bunda Xorijiy filologiya fakultetining 3-bosqichida tahsil olayotgan 306, 307, 308, 309 va 310-guruh talabalari o’rtasida bo’lib, 3 ta shart bo’yicha  o’zaro bellashishdi. Tadbirni Ingliz tili o’qitish kafedrasi katta o’qtuvchisi Sh.Jabborova va Amerikadan tashrif buyurgan Paige Dabney ochib berdi.
Musobaqa yakuniga ko’ra ishtirokchilar Buyuk Britaniya madaniyatiga xos bo’lgan sahna ko’rinishlari, ingliz tilida ravon gapirish ko’nikmalari orqali 3 ta jamoa – 310, 309, 306-guruh talabalari yuqori o’rinlarni egallab g’olib deb topildi hamda sertifikat va esdalik sovg’alar bilan tadirlandi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Xalqaro tanlovda TerDU talabasi yuksak natijaga erishdi!

  • 2026-06-26
  • 13

Yana bir xalqaro muvaffaqiyat! Termiz davlat universiteti Musiqa ta’limi kafedrasi Cholg‘u ijrochiligi (xalq cholg‘ulari) yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Sa’dullayeva Fotima Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan “Sozvuchiye”

Batafsil

TerDUda “Karyera kuni” tadbiri tashkil etildi

  • 2026-06-26
  • 14

Termiz davlat universitetining Ijtimoiy fanlar hamda Iqtisodiyot fakultetlari bitiruvchilari uchun “Karera kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Batafsil

Kelajak egalari bilan ochiq muloqot: yoshlar bandligi va istiqbol masalalari muhokama qilindi

  • 2026-06-26
  • 27

Yoshlar kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz davlat universitetida bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Batafsil