Mamlakatimizda yoshlarning iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash masalasiga alohida eʼtibor qaratilib kelinmoqda. Bunda albatta, oʻtkazilayotgan turli koʻrik-tanlovlar, musobaqalar va konferensiyalarning oʻrni muhim sanaladi.
Shu sababli Termiz davlat universitetida uzoq yillardan buyon talabalar oʻrtasida anʼanaviy ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilib kelinmoqda. Joriy yil 48-bor oʻtkazilayotgan mazkur anjuman 18 ta shoʻbada ish olib borib, unda 400 nafarga yaqin talabalar ishtirok etishdi.
Konferensiya shoʻbalar boʻyicha ish olib bordi, ularda magistr va bakalavr bosqichida ta’lim oluvchi talabalar turli mavzulardagi maʼruzalari bilan faol ishtirok etishdi. Sohani yanada rivojlantirish istiqbollari, oldinda turgan dolzarb vazifalar haqidagi fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdilar.
2 kun davom etgan konferensiyada ilm-fanga oid yangiliklar, muammo va takliflar oʻrtaga tashlandi. Konferensiya bahs va munozaralar koʻtarilgan mavzularga oid ilmiy xulosalar, taklif va mulohazalarga boy bo’ldi.
Har bir shoʻba ishidan eng dolzarb mavzularda taqdim etilgan tezis va maqolar orasidan mutaxassislar tomonidan munosib baholandi.
Yildan yilga nufuzi oshib borayotgan mazkur anjuman yangidan-yangi ilm-fan yoʻliga qadam qoʻygan iqtidor egalarini kashf etishga xizmat qilmoqda.