Termiz davlat universiteti O‘quv metodik boshqarmasi tomonidan Tarix, Yuridik, O'zbek filologiyasi va Kimyo fakultetlari professor-o‘qituvchilariga “Kafedra fanlaridan talabalar bilimini nazorat qilish va baholash jarayoni hamda uni HEMIS dasturida rasmiylashtirish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Seminar-treningda kredit-modul tizimining asosiy jihatlari, talabalar bilimini nazorat qilish va baholash mezonlari, mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzularning soatlar bo‘yicha taqsimoti kabi muammolar xususida qizg‘in munozaralar o‘tkazildi.
Professor-o‘qituvchilar tomonidan berilgan savollarga to‘liq javob berildi. Bizni kuzatishda davom eting!