Joriy yilning 28-30-aprel kunlarida Xorazm viloyatida kurash sport turi bo'yicha yoshlar va o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.
Unda Termiz davlat universiteti Sport faoliyati va boshqaruvi fakultetining 1-kurs talabasi Qahorova Komila +57kg vaznda 1-o'rinni egalladi hamda O'zbekiston terma jamoasi a'zosiga aylandi.
Shu munosabat bilan TerDU jamoasi nomidan Qahorova Komilani ushbu yutug'i bilan tabriklaymiz, unga mustahkam sog'lik hamda ulkan zafarlar tilab qolamiz.
Bizni kuzatishda davom eting!