Hashar – xalqimizning azaliy an’analaridan bo‘lib, umumjamoaviy masalalarni hal qilish, ya’ni, atrof-muhitning ozodaligini ta’minlash hamda gullab yashnashida insonlarni ezgulik yo‘lida birlashtirishga xizmat qiladi.
Termiz davlat universitetida “Mahalla obodligi – yurt farovonligi” shiori ostida umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik bilan bayramona kayfiyatda o‘tkazilmoqda.
Erta tongdan universitet hududida boshlangan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘tarinki ruhda olib borilmoqda. Fakultetlarning professor-o‘qutuvchilari, tyutorlar, ishchi-xodimlar faol ishtirok etishmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!