Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 -yil 7-martdagi 101-F-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilda xalqaro va respublika miqyosida oʻtkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi” da belgilangan tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2022-yil 14-martdagi “Vazirlik tizimidagi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlarda 2022-yilda oʻtkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida” gi 97-sonli buyrugʻining ijrosi, Termiz davlat universiteti rektorining 2022-yil 31-martdagi 65 U-sonli buyrugʻi ijrosi, shuningdek, respublikamizda 2022-yilda oʻtkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlarda professor oʻqituvchilar, talabalar, magistrlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, tegishli sohalar olim va mutaxassislarining keng ishtirokini taʼminlash maqsadida Termiz davlat universitetida yosh olimlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Toʻqimachilik va yengil sanoat sohalarida innovatsion texnologiyalarni joriy etishda oliy taʼlim va ishlab chiqarish korxonalarining tutgan oʻrni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkazildi.
Anjumanga respublikamiz va 7 ta xorijiy davlat olimlari tomonidan 100 dan ortiq maqolalar kelib tushdi. Toʻqimachilik va yengil sanoat sohalarida innovatsion texnologiyalarni joriy etish asosida: paxta sanoati, yengil sanoat, ipakchilik, trikotaj, yigiruv, dizayn, kimyoviy pardozlash, matbaa, toʻqimachilik xomashyolarini qayta ishlash, korxonalar iqtisodiy salohiyatini oshirish, rivojlantirish istiqbollari, innovatsion yechimlariga oid professor-oʻqituvchilar, doktorantlar, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrlar, iqtidorli talabalarning olib borayotgan ilmiy tadqiqot ishlari boʻyicha maqolalari bilan qatnashishdi.
Yengil sanoat Oʻzbekiston industriyasining eng rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri xisoblanib jaxon mamlakatlari ichida bu tarmoqni rivojlanishi uchun oʻziga xos qulay sharoit va joʻshqin tavsifga egaligi bilan ajralib turadi.
Soʻnggi yillarda Respublikamizda yengil sanoatning toʻqimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va moʻynachilik tarmoqlarini rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarning turlari va assortimentini kengaytirish, shuningdek, tarmoq korxonalarining investitsiya va eksport faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Sohaga qaratilayotgan alohida eʼtibor tufayli Oʻzbekiston nafaqat paxta xomashyosi yetishtiruvchi, balki uni qayta ishlash salohiyati yuksalib borayotgan davlatlar qatoridan joy oldi.
Har doim yengil sanoat aholi bandligining yuqori darajasini taʼminlovchi yetakchi tarmoq boʻlib kelgan. Toʻqimachilik sanoatining Oʻzbekiston iqtisodiyotida tutgan rolining yuqoriligi, tarmoqning rivoji uchun zarur boʻlgan mahaliy xomashyoning mavjudligi va malakali ishchi kuchining yetarliligidir.
Endigi maqsad esa, ushbu imkoniyatlardan toʻliq va samarali foydalangan holda ishlab chiqarish quvvatlarini samaradorligini oshirishdan iborat. Jahon bozorlaridagi raqobatning kuchayishi, texnologiyalarning rivojlanishi, oʻz navbatida sohaga oid ilmiy izlanishlar olib borishni taqozo etadi.
Xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun olimlarimiz tomonidan quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha materiallar taqdim etildi:
• Innovatsion texnologiyalarni joriy etish asosida yengil sanoat korxonalari iqtisodiy salohiyatini oshirish chora tadbirlari;
• Ipakchilik sanoatini rivojlantirish istiqbollari;
• Dizayn va yengil sanoat sohasida yangi assortimentlar yaratish texnologiyalari;
• Paxta sanoati, toʻqimachilik xomashyolarini qayta ishlashning innovatsion yechimlari;
• Toʻqimachilik mahsulotlarini kimyoviy pardozlash hamda matbaa sanoatining innovatsion texnologiyalari;
• Toʻqimachilik va yengil sanoat yoʻnalishidagi fanlarni oʻqitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalari;
• Toʻqimachilik sanoati innovatsion texnologiyalar (paxta, ipak, trikotaj va boshqalar);
Bundan tashqari, Surxondaryo viloyatidagi “AMUDAR TEXTILE” MCHJ ip yigiruv va tikuvchilik korxonasi, “SHERABOD TEXTILE INVEST” MCHJ ip yigiruv korxonasi, “JAYHUN TEXTILE” MCHJ ip yigiruv korxonasi, “NORTEX STYLE” MCHJ ip yigiruv korxonasi, “SURXONTEKS” MCHJ ip yigiruv va toʻquvchilik korxonasi, “SURXON IPAGI” MCHJ pilla chuvish va toʻqish korxonasi hamda “ZIF TEXTILE” MCHJ tikuvchilik korxonalaridan masʼullar ishtirok etishdi. Ushbu korxonalardan kelgan vakillar soha olimlarining taklif etayotgan ilmiy izlanishlarini keng oʻrganib, hamkorlikda ishlashga va ilmiy innovatsion loyihalarini ishlab chiqarishda qoʻllashga kelishib olishdi.
Anjuman soʻngida, konferensiyaning barcha ishtirokchilariga hamda tadqiqotlar yoʻnalishlari boʻyicha “Eng yaxshi innovatsion gʻoya” va “Eng yaxshi ilmiy maʼruza” tanlovlari oʻtkazilib, gʻoliblar sertifikat, estalik sovgʻalari va diplomlar bilan taqdirlandilar.
Ushbu konferensiyani har yili Termiz davlat universiteti “Milliy libos, kashtachilik, toʻqimachilik” kafedrasi jamoasi tomonidan anʼanaviy tarzda tashkil etilishiga kelishib olindi.