PhD ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi.
Termiz davlat universiteti Moliya kafedrasi mudiri Toʻlakov Ulugʻbek Toshmamatovichni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/10.12.2019.I.16.01 raqamli Ilmiy kengashning 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi boʻyicha “Koʻchmas mulkni soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertasiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!
Universitet jamoasi nomidan Ulugʻbek Toshmamatovichni ushbu yutug’i bilan qutlab, mustahkam sog’lik, ilm yo’lida muvaffaqiyat tilaymiz.
Universitet olimlarining safi kengayaversin!