Joriy yilning 22-24-aprel kunlari Toshkent shahrida sportning “Parayengil atletika” turi bo'yicha yoshlar va o’smirlar o’rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.
Unda Termiz davlat universiteti Sport faoliyati va boshqaruv fakultetining 2-kurs talabasi Mahmadniyozova Sabriya 100 va 200 metrga yugurish yo‘nalishi bo‘yicha faxrli 1 va 2-o'rinlarni egalladi va O'zbekiston chempioniga aylandi.
Bugun Termiz davlat universiteti jamoasi tomonidan oltin va kumush medallar sohibasi Termiz temir yo‘l vokzalida tantanali kutib olindi.
TerDU jamoasi nomidan Maxmadniyazova Sabriyani qo’lga kiritgan ushbu yutuqlari bilan tabriklaymiz va ulkan zafarlar tilab qolamiz.