Joriy yilning 4-9-aprel kunlari davomida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan “Global Money Week” (Umumjahon pul haftaligi) xalqaro ta’lim kompaniyasi doirasida mamlakat bo’ylab iqtisodiy yo’nalishda tahsil olayotgan volontyor talabalarni moliyaviy savodxonlik yo’nalishida trenerlikka tayyorlash orqali noiqtisodiy yo’nalishda tahsil olayotgan volontyor talablarni moliyaviy savodxonligini oshirish bo’yicha bir qator o’quv seminarlari tashkil etildi.
Shu munosabat bilan, seminarni tashkillashtirishda “Iqtisodiyot va turizm” fakulteti dekani A.Abdusamatov va o’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari E.Xurramovga hamda seminarni o’tkazishda faol ishtirok etgan talabalarga Markaziy bank o’z minnatdorchiligini bildirdi.