Joriy yilning 12 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov boshchiligidagi hamda vazirlik, idora va tijorat banklari rahbarlaridan iborat ishchi guruh Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurgan edi.
Ushbu tashrif davomida yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda TerDU Tarix fakulteti talabasi Nodirbek Irisov tomonidan fakultetning moddiy texnik bazasini yanada boyitish, dars mashg‘ulotlari davomida foydalaniladigan zamonaviy texnik vositalar uchun fakultetga investitsiya kiritish taklifini berilgandi.
Mazkur taklif Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan inobatga olindi hamda vazirlik qoshida tashkil etilgan O‘zCharmSanoat uyushmasi tomonidan zamonaviy texnika vositalari TerDU Tarix fakultetiga taqdim etildi.
Bizni kuzatishda davom eting!