OFITSERLIK – UNVON EMAS, VATAN OLDIDAGI UMRBOD MAS'ULIYAT

Termiz davlat universiteti rektori ishtirokida shahrimizdagi harbiy qismlardan birida "Ofitserlik – unvon emas, Vatan oldidagi umrboqiy mas'uliyat" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida ofitserlik kasbining asl mohiyati, Vatanga sadoqat, kasb sharafi, adolat, vijdon va mas'uliyat, shuningdek, bugungi murakkab geosiyosiy sharoitda harbiy xizmatchilar zimmasiga yuklanayotgan yuksak vazifalar haqida atroflicha fikr almashildi.

Ta'kidlanganidek, bugungi tinch va osoyishta hayot ortida chegara posbonlarining bedor tunlari, fidokorona mehnati va doimiy hushyorligi mujassam. Zamonaviy texnologiyalar qanchalik rivojlanmasin, davlat xavfsizligini ta'minlaydigan eng buyuk kuch – bu insonning mustahkam irodasi, pok vijdoni va Vatanga bo'lgan cheksiz sadoqatidir.

Tadbir davomida Termiz davlat universitetida tashkil etilgan Maxsus harbiy kafedra faoliyatiga ham alohida to'xtalib o'tildi. Mazkur kafedra 2026/2027-o'quv yilidan o'z faoliyatini boshlashi hamda Qurolli Kuchlarimiz uchun zamonaviy bilim va yuksak ma'naviyatga ega, vatanparvar harbiy kadrlarni tayyorlashga xizmat qilishi qayd etildi.

Uchrashuvda yosh ofitserlarga shunday murojaat qilindi:

"Ofitserlik – bu unvon emas, Vatan oldidagi umrboqiy mas'uliyatdir. Qasamyod bir marta aytiladi, ammo u har kuni fidoyilik, halollik va sadoqat bilan bajariladi."

Tadbir ishtirokchilari bunday uchrashuvlar yosh harbiy xizmatchilarning kasbiy mahoratini, ma'naviy salohiyatini va Vatan oldidagi burchiga bo'lgan mas'uliyatini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini alohida ta'kidladilar.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDUda yangi loyihalar taqdim etildi

  • 2026-08-13
  • 27

Termiz davlat universitetiga qarashli suzish havzasida bo‘lgan viloyat hokimiga universitet rektori mazkur manzilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalarni taqdim etdi.

Batafsil

Ish beruvchilar fikri – bitiruvchiga xolis baho!

  • 2026-08-13
  • 25

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-76-sonli Farmoni ijrosi doirasida Termiz davlat universitetida Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasining o‘tkazilish jarayoni va bugungi holati muhokama qilindi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-08-13
  • 27

Termiz davlat universiteti "Pedagogika va ijtimoiy ishi" kafedrasi o'qituvchisi Narquchqarova Rohila Ziyadullayevna A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy unistituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda "Pedagogika nazariyasi.

Batafsil