TerDUning Janubiy Koreya bilan strategik hamkorligida yangi bosqich!

Termiz davlat universiteti Strategik rivojlantirish va transformatsiya bo‘yicha prorektori O‘. Xoliyorov boshchiligidagi ishchi guruh Janubiy Koreyaning Namseoul University va Sejong University universitetlarida samarali muzokaralar olib bordi.

Uchrashuvlar yakunida "Xalqaro biznes", "Sun’iy intellekt", "Data Science", "Kompyuter tarmoqlari" va "Kiberxavfsizlik" yo‘nalishlarida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik almashinuvini kengaytirish hamda xalqaro standartlar asosidagi malaka oshirish va sertifikatlash kurslarini tashkil etish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.

Ushbu tashrif TerDUning xalqaro hamkorlik geografiyasini yanada kengaytirish, ta’lim sifati va ilmiy salohiyatini yuksaltirish hamda universitetning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.

 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDUda yangi loyihalar taqdim etildi

  • 2026-08-13
  • 26

Termiz davlat universitetiga qarashli suzish havzasida bo‘lgan viloyat hokimiga universitet rektori mazkur manzilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalarni taqdim etdi.

Batafsil

Ish beruvchilar fikri – bitiruvchiga xolis baho!

  • 2026-08-13
  • 25

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-76-sonli Farmoni ijrosi doirasida Termiz davlat universitetida Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasining o‘tkazilish jarayoni va bugungi holati muhokama qilindi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-08-13
  • 27

Termiz davlat universiteti "Pedagogika va ijtimoiy ishi" kafedrasi o'qituvchisi Narquchqarova Rohila Ziyadullayevna A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy unistituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda "Pedagogika nazariyasi.

Batafsil