🟢Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.
🟢Amaliyot davomida talabalar huquqni qo‘llash amaliyoti, davlat organlari va muassasalari faoliyatining o‘ziga xos jihatlari, huquqiy hujjatlar bilan ishlash tartibi hamda kasbiy faoliyatda zarur bo‘ladigan ko‘nikma va malakalarni egallamoqdalar.
🟢Mazkur o‘quv-amaliyot jarayonlari talabalarning kasbiy dunyoqarashini kengaytirish, mas’uliyat hissini oshirish hamda nazariy bilimlarni real huquqiy amaliyot bilan uyg‘unlashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.