🟢2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalariga 52 nafar iqtidorli talaba hujjat topshirdi.
🟢Nomzodlar xorijiy tillar, O‘zbekiston tarixi va axborot texnologiyalari fanlari bo‘yicha belgilangan tartibda sinovlardan o‘tmoqda.
🟢Mazkur tanlov yakunlariga ko‘ra, Termiz davlat universitetiga 8 ta davlat stipendiyasi kvotasi ajratilgan bo‘lib, g‘oliblar ushbu o‘rinlar uchun tavsiya etiladi.
🟢Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ilmiy salohiyatini rag‘batlantirish yo‘lidagi ushbu tanlov barcha ishtirokchilarga omad tilaydi!