Xorijiy tilda tahsil olgan bakalavrlar magistraturaga hujjat topshirishda xorijiy til sertifikatini taqdim etishdan ozod etiladi

2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim dasturini xorijiy tillarning birida (ta’lim tili xorijiy til bo‘lgan holda) tamomlagan bitiruvchilar magistraturaga hujjat topshirishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi milliy yoki xalqaro sertifikatni taqdim etishdan ozod etiladi.

Mazkur tartib quyidagi holatlarda qo‘llaniladi:

bakalavriat taʼlim dasturini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 24-maydagi 3515-son qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatida qayd etilgan 16 ta xorijiy tilning birida tamomlagan bo‘lsa;

➖ abituriyent bakalavriatga qabul qilingan yildagi tasdiqlangan qabul parametrlariga muvofiq aynan shu ta’lim tilida tahsil olgan va bakalavr diplomi ilovasida ta’lim tili xorijiy til ekani qayd etilgan bo‘lsa.

📌 Agar bakalavr diplomi ilovasida ta’lim tili ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bakalavriat ta’lim dasturi xorijiy tilda o‘zlashtirilganligi oliy ta’lim tashkiloti tomonidan taqdim etilgan ma’lumotnoma asosida ko‘rib chiqiladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDUda ilmiy-innovatsion faoliyat va ilmiy kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi

  • 2026-09-21
  • 42

Termiz davlat universiteti rektori huzurida universitetning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish, ilmiy natijalarni tijoratlashtirish hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan muhokama bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

ILM-FAN NAMOYANDALARI TERDUDA JAM BO‘LDI

  • 2026-09-21
  • 52

Xabar berganimizdek, bugun — 21-sentyabr kuni Termiz davlat universitetida matematika fanining zamonaviy va istiqbolli yo‘nalishlariga bag‘ishlangan “Matematik analiz va matematik fizika tenglamalarining zamonaviy masalalari”

Batafsil

TerDU ilmiy salohiyati izchil o‘smoqda

  • 2026-09-19
  • 41

Termiz davlat universitetida ilmiy salohiyat ko‘rsatkichi so‘nggi yillarda barqaror o‘sish dinamikasini namoyon etmoqda. 2017-yilda 16 foizni tashkil etgan mazkur ko‘rsatkich

Batafsil