TerDU Janubiy Koreyaning Daejin universiteti bilan xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda

Termiz davlat universitetining Strategik rivojlantirish va transformatsiya bo‘yicha prorektori O‘. Xoliyorov boshchiligidagi delegatsiya xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida Janubiy Koreyaning Daejin University universitetiga rasmiy tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida delegatsiya universitetning tashqi hamkorlik bo‘yicha vitse-prezidenti professor Kwon Ho hamda Xalqaro ta’lim va hamkorlik bo‘limi rahbariyati bilan uchrashdi. Muzokaralarda akademik almashinuv, professor-o‘qituvchilar va talabalar mobilligi, qo‘shma ta’lim dasturlari hamda ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar xalqaro biznes yo‘nalishida bakalavriat, magistratura va PhD bosqichlari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, pedagogika yo‘nalishida hamkorlikni rivojlantirish, talabalar almashinuvi va qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishdilar.

Shuningdek, Termiz davlat universitetida koreys tili ta’lim yo‘nalishini ochish, malakali professor-o‘qituvchilarni jalb etish hamda o‘quv dasturlarini birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha ham aniq vazifalar belgilab olindi.

Uchrashuvda raqamli ta’lim, sun’iy intellekt va axborot texnologiyalari sohalarida qo‘shma loyihalar, ilmiy konferensiyalar, xalqaro grantlar hamda professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish istiqbollari ham muhokama qilindi.

Delegatsiya Daejin universitetining zamonaviy infratuzilmasi, ilmiy laboratoriyalari, kutubxonasi va raqamli ta’lim markazlari faoliyati bilan tanishib, innovatsion ta’lim tajribalarini o‘rgandi.

Mazkur tashrif Termiz davlat universitetining xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, yangi qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda professor-o‘qituvchilar va talabalarning akademik mobilligini oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 4

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 12

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 10

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil