Termizda Tojikiston fuqarolari uchun qo‘shma ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida oliy ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi strategik hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Mamlakatlar o‘rtasida akademik integratsiyani chuqurlashtirish, ilmiy salohiyatni birlashtirish hamda zamonaviy bilimlar almashinuvini kengaytirishga qaratilgan amaliy tashabbuslar izchil amalga oshirilmoqda.

Ana shu hamkorlikning yuksak e’tirofi sifatida oliy ta’lim tizimida xalqaro akademik aloqalarni rivojlantirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va ta’lim dasturlarini kengaytirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun Termiz davlat universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Abduqodir Toshqulov Tojikiston davlat moliya va iqtisod universitetining "Faxriy professori" unvoni bilan taqdirlandi.

Tashrif doirasida erishilgan muhim kelishuvlardan biriga ko‘ra, Tojikiston Respublikasi fuqarolari Termiz davlat universiteti va Tojikiston davlat moliya va iqtisod universitetining moliya hamda buxgalteriya hisobi yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriat va magistratura bosqichlarida qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Mazkur kelishuv talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvini kengaytirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ilg‘or ta’lim texnologiyalari va tadqiqot natijalarini o‘zaro joriy etish orqali ilmiy salohiyatni mustahkamlashga xizmat qiladi. Eng muhimi, ushbu tashabbus Markaziy Osiyoda ilmiy diplomatiya, intellektual integratsiya va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Termiz davlat universitetida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

  • 2026-07-27
  • 29

Bugun Termiz davlat universiteti rektori huzurida prorektorlar, boshqarma va bo‘lim mas’ullari ishtirokida navbatdagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi.

Batafsil

Termizda Tojikiston fuqarolari uchun qo‘shma ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi

  • 2026-07-27
  • 27

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida oliy ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi strategik hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Mamlakatlar o‘rtasida akademik integratsiyani chuqurlashtirish,

Batafsil

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 79

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil