Bugun Termiz davlat universiteti rektori huzurida prorektorlar, boshqarma va bo‘lim mas’ullari ishtirokida navbatdagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda universitetni 2026/2027-o‘quv yiliga puxta tayyorlash, Darband o‘quv-amaliyot bazasi hamda universitet tasarrufidagi obyektlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yordamchi xo‘jaliklardagi yer maydonlaridan samarali foydalanish, mavjud loyihalarning ijrosi va ularning bugungi holati atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglanib, belgilangan vazifalar ijrosini jadallashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda barcha yo‘nalishlarda ishlarni sifatli tashkil etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
.jpg)
