Termiz davlat universiteti bosh auditori

1000664

Bosh auditor:

Rashidova Dilafruz Tursunovna

Qabul vaqti: Hafta kunlari (yakshanbadan tashqari) soat: 08:00-16:00
Telefon: +998 91 982 78 87
Telegram: +998 91 982 78 87

Asosiy faoliyati:

  • universitetning budjet, to‘lov-kontrakt va budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha shtatlar jadvallari, daromadlar va xarajatlar smetalarini amaldagi me’yoriy hujjatlarga mos ravishda tuzilishi, tasdiqlanishi va ularning ijrosini nazorat qilish;
  • universitetda to‘lov-kontrakt mablag‘larini shakllantirilishi, talabalardan to‘lov-kontrakt mablag‘larini undirish hisobi yuritilishi, to‘lovlarni o‘z vaqtida undirilishi, qarzdorliklar hisobining to‘g‘riligi bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlashni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 414-son qaroriga asosan universitetning rivojlantirish jamg‘armasini shakllantirilishi va mablag‘lardan foydalanish tartibini o‘rganish;
  • ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishini UzASBO dasturiy ta’minoti orqali monitoring qilib borish;
  • tayinlangan stipendiya to‘lovlarini to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishini birlamchi hujjatlar va UzASBO dasturiy majmualari orqali doimiy monitoring qilib borish;
  • ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, stipendiya va xizmat safari xarajatlarini plastik kartochkalar orqali to‘lanishini monitoring qilish;
  • naqd pul mablag‘larini kirim qilinishi, saqlanishi va hisobdan chiqarilishini nazorat qilish;
  • xizmat safari xarajatlarini birlamchi hujjatlar asosida to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishini doimiy monitoring qilib borish;
  • universitet ehtiyoji uchun budjet, to‘lov-kontrakt va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan asosiy vositalar, tovar (ish, xizmat)larni xarid qilinishi, tender (tanlov) savdolarini o‘tkazilishini monitoring qilish va imzolangan shartnomalar bo‘yicha shartlarning bajarilishini nazorat qilish;
  • universitetda asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklar, shu jumladan, yoqilg‘i-moylash mahsulotlarini kirim qilinishi, saqlanishi va belgilangan tartiblarga asosan hisobdan chiqarilishini o‘rganish;
  • universitetda asossiz debitor va kreditor qarzdorliklarning oldini olish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarga asosan tegishli tavsiyalar va tashkilot rahbariga yozma axborot berib borish;
  • kommunal xizmat xarajatlari sarflanish limitlariga rioya etilishini nazorat qilib borish;
  • universitetda ijara to‘lovlari to‘g‘ri hisoblanishi, mablag‘larni o‘z vaqtida universitet maxsus hisob-raqamiga kelib tushishi, shuningdek, ijarachilardan saqlash va kommunal xarajatlari bo‘yicha qo‘shimcha shartnomalar imzolanganligi hamda ulardan ushbu to‘lovlarni undirilishini tahlil qilish;
  • universitetning bo‘sh turgan mablag‘larini depozitga joylashtirish va banklar tomonidan depozit shartnomalari shartlarining bajarilishi bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazish;
  • universitetda mavjud tovar-moddiy qiymatliklar, naqd pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, qat’iy hisobda turuvchi blankalar hamda boshqa nomoddiy aktivlar inventarizatsiyasini o‘tkazish jarayonlarida qatnashish, shuningdek, ularni amaldagi me’yoriy hujjatlarga mos ravishda tashkil etilishini ta’minlash;
  • tovar-moddiy qiymatliklar, pul mablag‘lari inventarizatsiyasi natijasida yoki boshqa nazorat va monitoring tadbirlari natijasida aniqlangan kamomadlar va ortiqchaliklarni o‘rnatilgan tartibda undirilishini nazorat qilish;
  • kamomadga yo‘l qo‘yilishi, pul mablag‘lari va tovar-moddiy qiymatliklarni talon-toroj qilinishi holatlarini tahlil qilish hamda ularning oldini olish bo‘yicha profilaktika ishlarini olib borish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil 17-dekabrdagi 105-son buyrug‘i va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 22-dekabrda 2169-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma talablari asosida buxgalteriya hisob-kitob ishlarini to‘g‘ri yuritilishi va hisobotlar bilan o‘zaro uzviy bog‘liqligini tahlil qilish;
  • bo‘lim faoliyatiga tegishli Qonunlar, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlikning Hay’at qarorlari, buyruqlari, universitet rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi va bajarilishini ta’minlash;
  • o‘tkazilgan nazorat, monitoring va profilaktika ishlari bo‘yicha tegishli tartibda universitet rahbariga alohida yozma ma’lumotlar (bildirgi) berib borish;
  • o‘tkazilgan nazorat, monitoring va profilaktika ishlari bo‘yicha har chorak yakuni bilan yuqori tashkilotga hisobot va ma’lumotlarni taqdim qilib borish.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDU tarixida muhim ilmiy voqea!

  • 2026-08-26
  • 102

Myunster universiteti doktoranti PhD dissertatsiyasini Termiz davlat universitetida muvaffaqiyatli himoya qildi

Batafsil

2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul suhbatlari o‘tkazildi

  • 2026-08-26
  • 86

Termiz davlat universitetida 2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayonlari doirasida 10 ta ixtisoslik bo‘yicha suhbatlar tashkil etildi.

Batafsil

QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARIGA QABUL MUDDATI UZAYTIRILDI

  • 2026-08-26
  • 124

Termiz davlat universiteti rektori huzurida universitetning qo‘shma ta’lim dasturlariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari muhokama qilindi.

Batafsil