Qabul muddati: 2024-yil davomida 4 marta Mustaqil izlanuvchilik (DSc/PhD) uchun 15-yanvardan 15-fevralga qadar, 15-apreldan 15-mayga qadar, 15-iyuldan 15-avgustga qadar, 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha
Mustaqil izlanuvchilik (DSc/PhD) ga o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
1. Ariza;
2. Qisqacha biografik maʼlumot (CV - namuna);
3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
4. Mustaqil izlanuvchi (PhD) uchun Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganligi (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari boʼyicha) toʼgʼrisida diplom nusxasi;
5. Mustaqil izlanuvchi (DSc) uchun Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;
6. Mustaqil izlanuvchi (PhD) uchun nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis);
7. Mustaqil izlanuvchi (DSc) uchun nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis);
8. Ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilar uchun);
9. Pasport nusxasi;
10. Ilmiy rahbar rozilik xati;
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa).
12. IELTS, TOEFL yoki boshqa tan olingan sertifikatlar. Filologik yo‘nalishlar uchun kamida C1 darajada, nofilologik yo‘nalishlar uchun B2;
Barcha xujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (http://phd.mininnovation.uz) orqali roʼyxatdan oʼtgan holda yuboriladi.
Eslatma: Talabgorlardan hujjatlar qabul qilinishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.05.2021 yildagi PQ-5117-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.05.2017 yildagi 304-sonli qarorida belgilangan tartiblarga rioya etiladi. Talabgorlar O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi veb-saytida (http://phd.mininnovation.uz) ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng hujjatlarni elektron (PDF) tarzda taqdim etadi (qog‘oz variantini barcha bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tib, mustaqil izlanuchilikka qabul qilinganlar topshiradi)
Manzil: Termiz shahri, “Barkamol avlod” ko‘chasi 43-uy,
Tel: +998996790236
Termiz davlat universitetining Yuridik fakultetida milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizni targ‘ib etishga qaratilgan “Osh festivali” o‘tkazildi.
Batafsil
Termiz davlat universitetining o‘zbek filologiyasi va jurnalistika fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati Axborot-kutubxona markazida taniqli shoir, yozuvchi,
Batafsil
Termiz davlat universiteti San’at va ijtimoiy ish fakulteti Milliy libos, kashtachilik, to‘qimachilik kafedrasida Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.
Batafsil© Termiz davlat universiteti