🟢Xabaringiz bor, bugun Termiz davlat universitetida qadimgi Turon xalqlarining diniy qarashlari, mifologik tasavvurlari va madaniy merosini chuqur o‘rganishga bag‘ishlangan “Qadimgi Turon xalqlarining diniy qarashlari va mifologiyasi (an’anaviy)” mavzusidagi xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.
🟢Anjuman qadimgi sivilizatsiyalar tarixini yangi ilmiy yondashuvlar asosida tadqiq etish, diniy-mifologik qarashlarning shakllanish jarayonlarini o‘rganish hamda Markaziy Osiyoning boy tarixiy-madaniy merosini xalqaro ilmiy hamjamiyatga keng targ‘ib etishga qaratilgan.
🟢Konferensiyada O‘zbekiston, Chexiya, Fransiya, Italiya, Rossiya, Tojikiston kabi davlatlardan olim va tadqiqotchilar, shuningdek, mamlakatimizning yetakchi oliy ta’lim va ilmiy muassasalari vakillari ishtirok etmoqda.
Yalpi majlis va sho‘balarda:
🟢Markaziy Osiyo mifologiyasi;
🟢 qadimgi Turon xalqlarining diniy qarashlari;
🟢 Sopolli va Oks sivilizatsiyalari;
🟢 Baqtriya, Marg‘iyona va Xorazmning qadimiy merosi;
🟢 zardushtiylik va buddaviylikning tarixiy ildizlari;
🟢dafn marosimlari va qadimgi e’tiqodlar;
🟢 arxeologik manbalar va san’atdagi mifologik tasvirlar;
🟢 qadimgi mifologiyani zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida tadqiq etish masalalari muhokama qilinmoqda.
🟢Xalqaro konferensiya doirasida 4 ta ilmiy sho‘ba faoliyat olib borib, tarix, arxeologiya, antropologiya, dinshunoslik va boshqa turdosh fanlar kesishmasida qator ilmiy ma’ruzalar tinglanadi.
🟢Mazkur ilmiy muloqot — ming yillik tarix va zamonaviy ilm-fan tutashgan, qadimiy meros yangi ilmiy nigoh bilan qayta kashf etilayotgan muhim maydondir.