TerDU va Koreya universitetlari hamkorligi: strategik loyihalar sari

Termiz davlat universitetining Koreya Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi ortidan Surxondaryo delegatsiyasi tarkibida Koreyada bo‘lgan TerDU rektori Abduqodir Toshqulov qator nufuzli universitetlar, xususan, Sejong universiteti rahbariyati bilan uchrashib, ta’lim, ilm-fan va innovatsiya sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Hamkorlik doirasida:
🟢 talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish;
🟢 TerDUda
koreys tili ta’lim yo‘nalishini ochish va TOPIK imtihonlarini o‘tkazish markazini tashkil etish;
🟢
Sejong instituti filialini tashkil etish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish;
🟢 professor-o‘qituvchi va talabalar uchun
akademik almashinuv hamda malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
🟢
sun’iy intellekt, raqamli ta’lim va “Smart Farm” yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish.

Tashrif davomida Sejong universitetining ilmiy laboratoriyalari faoliyati, xususan, grafen materiallari bo‘yicha tadqiqotlar bilan ham tanishildi. Muhimi, TerDU va Koreya universitetlari o‘rtasidagi hamkorlik aniq loyihalar, yangi ta’lim imkoniyatlari va xalqaro tajribani kengaytirishga qaratilmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

MILLIY QADRIYATLAR TARANNUMI: TERDUDA “OSH FESTIVALI”

  • 2026-09-25
  • 18

Termiz davlat universitetining Yuridik fakultetida milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizni targ‘ib etishga qaratilgan “Osh festivali” o‘tkazildi.

Batafsil

ADABIYOT — QALBLARNI BIRLASHTIRUVCHI BUYUK KUCH

  • 2026-09-25
  • 19

Termiz davlat universitetining o‘zbek filologiyasi va jurnalistika fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati Axborot-kutubxona markazida taniqli shoir, yozuvchi,

Batafsil

TerDUda Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.

  • 2026-09-25
  • 19

Termiz davlat universiteti San’at va ijtimoiy ish fakulteti Milliy libos, kashtachilik, to‘qimachilik kafedrasida Eronlik mutaxassislar bilan xalqaro tajriba almashinuvi tashkil etildi.

Batafsil