Erta tongda shahar markazida katta bayroq ostidagi maydonda tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda turli tashkilot vakillari, Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari, harbiylar hamda keng jamoatchilik faollari ishtirok etdi.
Tadbirda bayrog‘imiz qabul qilinganligining 31 yilligi hamda unda milliy-tarixiy anʼanalarimiz, uzoq o‘tmishga borib taqaladigan boy madaniyatimiz, poklik beg‘uborlik, yaxshilik, donishmandlik va sadoqat kabi buyuk fazilatlarimiz o‘z ifodasini topgani xususida so‘z yuritildi.