Termiz Davlat Universitetida "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan "Har jabhada ilg'or yoshlar doimo e'tiborda" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda partiya faollari, professor-o’qituvchilar, Yuridik va Tarix fakulteti talabalari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida partiyaning Surxondaryo viloyati Kengashi raisi universitetning Yuridik va Tarix fakulteti talabalarini siyosiy jarayonlardan, yangiliklardan xabardor bo'lishga chorladi. Ishtirokchilar bu mavzular yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Tadbirda faol ishtirokchilar partiyaning Surxondaryo viloyati Kengashining faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi.
Yakunda universitet talabalari partiya a'zoligiga qabul qilindi.
Termiz davlat universiteti Matbuot xizmati
Bizni kuzatishda davom eting!