Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning isteʼdodini qo‘llab quvvatlash va munosib rag‘batlantirish maqsadida Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan "Talabalar haftaligi"da "REKTOR KUBOGI" doirasida bir qancha musobaqalar va tanlovlar tashkil etildi.
Shu jumladan:
FUTBOL
STOL TENNISI
KUCH SINASHISH
ARQON TORTISH
"ENG YAXSHI QO'SHIQ IJROCHISI"
"ENG YAXSHI RASM"
Musobaqa va tanlovlarda universitet talaba-yoshlari faol ishtirok etishib, diplom hamda quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.
Jamoaviy bahslarda:
1-oʻrin uchun 3 000.000 soʻm;
2-oʻrin uchun 2 000.000 soʻm;
3-oʻrin uchun 1 000.000 soʻm.
Yakka tartibdagi bahslarda;
1-oʻrin uchun 1 000.000 soʻm;
2-oʻrin uchun 800.000 soʻm;
3-oʻrin uchun 600.000 soʻm.