Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakultetida "To’maris malikalari" ko’rik tanlovi bo’lib o’tdi. Tanlov fakultetning birinchi bosqich talaba qizlari o’rtasida o’tkazilib, to’rt shart bo’yicha o’zaro bellashishdi. Ushbu tanlovni o’tkazilishdan maqsad o’qishdan bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, qizlarning hayotda o’z o’rnini topishi, kasb-hunar o’rganishi, malakasini mustahkamlash va bilim salohiyatini oshirishga qaratilgan.
Tanlov quyidagi shartlar bo’yicha bellashishdi.
1-shart: Tanishtiruv
2-shart: O’zbekiston Respublikasi Davlat ramzlari bo’yicha savol javoblar
3-shart: Matoga sifatli va tezlikda tugma tikish
4-shart: Salat tayyorlash (istagan turdagi)
Tanlovda talaba qizlar o’z mahoratlarini ko’rsatib turli xil nominatsiyalar bo’yicha sertifikat va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.