18 – noyabr “O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i” qabul qilinganligiga bag‘ishlab respulikamizning 15 ta viloyatida "Yangi nafas" ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi.
Unda Termiz davlat universiteti Sport faoliyati va boshqaruv fakulteti talabalari yuqori o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Jumladan 3 km masofada o‘tkazilgan marafonda Respublika miqyosida 1-o‘rinni 4-kurs talabasi Veronika Grishina, viloyat miqiyosida esa 3- kurs talabalari Safarov Omonillo 1-o‘rinni hamda Eshmatov Azizbek 3-o‘rinni egalladi.

TerDU jamoasi nomidan yuqori o‘rinlarni egallagan talabalarimizni ushbu yutuqlari bilan chin dildan tabriklaymiz hamda kelajakdagi faoliyatiga ulkan zafarlar tilaymiz.