O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30-apreldagi "Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi" qarori keyingi paytlarda yurtimizda ichki turizmga katta eʼtibor qartilayotganligidan dalolat beradi.
Shu maqsadda Termiz davlat universiteti rahbariyati va kasaba uyushmasi tashabbusi bilan oliygohda mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlar Samarqand viloyatining turistik obyektlarida 2 kunlik safarda bo‘lishdi.
Sayohat davomida Samarqand zaminida joylashgan, Ulug‘bek rasadxonasiga, Go‘ri Amir maqbarasiga, Xo‘ja Doniyor maqbarasi va boshqa bir qancha ko‘zga ko‘ringan obyektlarga tashrif buyurishdi. Haqiqiy maʼnoda Samarqand o‘z davrida nafaqat yurtimizning balki butun dunyodagi yirik madaniyat markazi ekanligiga guvoh bo‘lishdi.