"Yangi nafas" ommaviy yugurish marafonida TerDU talabasi birinchi o'rinni egalladi

Termiz shahridagi “Surxon” sport majmuasidan “Bolajon” bog‘ida joylashgan katta bayroqgacha bo‘lgan 3 km masofada o‘tkazilgan marafonda surxondaryolik davlat va jamoat tashkilotlari, keng jamoatchilik vakillari, harbiylar, nuroniylar, yoshlar hamda parasportchilardan iborat 4 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

"Yangi nafas" ommaviy yugurish marafonida Termiz davlat universiteti Sport faoliyati va boshqaruv fakulteti talabalasi Omonullo Safarov birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. 

TerDU jamoasi nomidan Safarov Omonulloni ushbu yutug'i bilan tabriklaymiz hamda kelajakdagi faoliyatiga ulkan zafarlar tilaymiz.


 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 47

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 67

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 46

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil