2022-2023 o‘quv yili uchun o‘tkazilgan “Universitet stipendiyasi” tanlovida barcha fakultetlardan tahsil oluvchi 147 nafar iqtidorli talabalar ishtirok etdi. Talabgor talabalarning 45 nafari tuzilgan maxsus komissiya tomonidan universitet stipendiyasiga tavsiya etildi. Ularga bir o‘quv yili davomida bir bazaviy stipendiya miqdorida stipendiya to‘lab beriladi.