Termiz davlat universiteti Geografiya kafedrasi o'qituvchisi Abdumo'minov Bahodir Odinayevichni O'zbekiston Milliy Universiteti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Gr.01.06. raqamli Ilmiy kengashda 11.00.06 – Geodeziya. Kartografiya ixtisosligi bo‘yicha “Geografik axborot texnologiyalari asosida joy relyefining 3 o'lchamli modelini yaratish va tadqiq qilish (Surxondaryo viloyati misolida)” mavzusidagi geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!

Universitet jamoasi nomidan Bahodir Odinayevichni ushbu yutug’i bilan qutlab, mustahkam sog’lik, ilm yo’lida muvaffaqiyat tilaymiz.
Universitet olimlarining safi kengayaversin.