Jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish, talaba yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishmaqsadida Termiz davlat universitetida “Biz jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda fakultet dekanlari, Surxandaryo viloyati IIB katta tergovchisi Sh.Raximov, Termiz shahar jome masjidi imom xatibi M.Mirzaaliyev, profilaktika inspektori padpalkovnik T.Xo’shboqova, yoshlar ittifoqi yetakchisi I.Talipov, professor-o’qituvchilari tyutorlar va talabalar ishtirok etishdi.
Tadbirda talaba-yoshlarga bugungi kunda sodir etilayotgan jinoyatlarning va korrupsiya holatlarining salbiy oqibatlari haqida qiziqarli ma’lumotlar berishdi.
Yakunda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.