Oliy taʼlim muassasalari o‘rtasida “Eng yaxshi talaba” tanlovini o‘tkazish bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirining 2022 yil 12 sentabrdagi №310-sonli buyrug‘i hamda shu asosda universitet rektorining joriy yilda 7 oktabridagi №195-U-sonli buyruqlari asosida “Eng yaxshi talaba” tanlovining ikkinchi tur universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda:
1-o‘rin M.Salimova Ijtimoiy fanlar fakulteti talabasi (3 000 000 so‘m);
2-o‘rin M.Xudoyberganov Tarix fakulteti talabasi (2 400 000 so‘m);
3-o‘rin B.Mamatqulov O‘zbek filologiyasi fakulteti talabasi (1 800 000 so‘m) munosib deb topildi.
Munosib ko‘rilgan talabalar diplom, esdalik sovg‘alari hamda yuqorida ko‘rsatilgan pul mukofotlari bilan taqdirlandi
Bizni kuzatishda davom eting!