Ayni paytda dunyoning turli mintaqalarida xalqaro terrorizm va ekstremizmning yangi tahdidlariga qarshi kurashish borasida targ‘ibot va amaliy faoliyatning kuchaytirilganligi hamda unga qarshi kurashish nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar, balki keng jamoatchilikning birinchi darajali vazifasi sifatida tan olingan.
Shu munosabat bilan bugun Termiz davlat universiteti Arxitektura va qurilish fakultetida “Diniy ekstremizm va terrorizm – jamiyat taraqqiyotiga tahdid” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda viloyat IIB Terrorizmga qarshi kurashish masʼul xodimi I.Suyunov, Termiz shahar diniy ishlar qo‘mitasi masʼul xodimi F.Abdumanopov, Termiz davlat universitetining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.Shofiyev, tyutor hamda talabalar ishtirok etishdi.
Tadbirda mavzu doirasida bugungi kunda olib borilayotgan amaliy ishlar va millatimizga yoq bo‘lgan g‘oyalarning yomon oqibatlari haqida kengroq tushuncha berishdi.