Termiz davlat universitetida Oliy taʼlim vazirligi tomonidan talabalarga "Shaxsning tarkib topishi va aqliy jarayonlar, diqqat mashqlari" mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Treningda Toshkent davlat texnika universiteti psixologi N.Mirzayeva, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Qiziqarli treningda talabalarga darslarni o‘zlashtirishda uchrayotgan muammolar, muloqot jarayonida zarur sifatlarni oshirish hamda diqqat mashqlari haqida tushunchalar berib o‘tildi.