Termiz davlat universiteti Maktabgacha ta'lim kafedrasi mudiri Norbosheva Maqsuda Achilovnani Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2021.P.26.02 raqamli Ilmiy kengashda 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Maktabgacha yoshdagi bolaning muloqot sub’ekti sifatida ijtimoiy-psixologik xususiyatlarining rivojlanish xususiyatlari” mavzusidagi psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!

Universitet jamoasi nomidan Maqsuda Achilovnani ushbu yutug’i bilan qutlab, mustahkam sog’lik, ilm yo’lida muvaffaqiyat tilaymiz.
Universitet olimalarining safi kengayaversin.
Bizni kuzatishda davom eting