Termiz davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti faollar zalida sirtqi taʼlim yo‘nalishi talabalariga "Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish" mavzularida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Ijtimoiy fanlar fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari I.Bobomurodov universitet Profilaktika katta inspektori T.Xo‘shboqova, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi I.Tolibovlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida yig‘ilganlarga jinoyatchilik huquqbuzarlik va korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi bildirildi.
Yakunda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.