"Uch avlod uchrashuvi"

Mamlakatimizda yashayotgan har bir inson qalbida insoniylik, mehr-muruvvat, bag‘rikenglik kabi ijobiy xislatlar joy olgan. Xalqimizning ulug‘ qadriyatlaridan biri yoshi ulug‘ insonlarga, keksalarga hurmat-ehtirom koʼrsatish, ularning koʼp yillik hayotiy va mehnat tajribalari asosidagi qadrli maslahatlaridan bahramand boʼlish va duolarini olib yurishdir.

Termiz davlat universitetida Xotin-qizlar kengashi va Ijtimoiy fanlar fakulteti hamkorligida "Keksalar haftaligi" munosabati bilan Axborot resurs markazida "Uch avlod uchrashuvi" tashkil etildi.

Unda oliygoh professor-o‘qituvchilari, faxriy ustozlar hamda talabalar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda faxriy ustozlar o‘zlarining hayot yo‘lini, olib borgan ko‘p yillik faoliyati haqida maʼlumotlar hamda kerakli pand-nasihatlar berishdi.

Yakunida faxriy ustozlarga eʼzozlash maqsadida universitet kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari berildi.
 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“Vazir kubogi” g‘oliblari aniqlandi: sport bayrami yangi iqtidorlarni kashf etdi

  • 2026-04-23
  • 30

Termiz davlat universiteti mezbonligida talaba-qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘tkazilgan “Vazir kubogi” sport musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. 

Batafsil

“Vazir kubogi” — ayollar futboli bahslari qizg‘in davom etmoqda!

  • 2026-04-23
  • 33

​​​​​​​Termiz davlat universiteti mezbonligida o‘tkazilayotgan talaba qizlar o‘rtasidagi nufuzli musobaqada respublikamizning 13 ta OTM jamoalari g‘oliblik uchun maydonga tushmoqda.

Batafsil

Termizda talaba yoshlar oʻrtasida “Vazir kubogi” futbol musobaqasi boshlandi

  • 2026-04-22
  • 40

22-aprel kuni Termiz davlat universitetida talaba yoshlar, xususan qizlar oʻrtasida futbol boʻyicha nufuzli “Vazir kubogi” musobaqasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Batafsil